haligi

Özbekça işlaydigan kiçik dasturlar. Hammasi bepul.

Yangi alifbo, bitta tugma

2026-yildan biz ö, ğ, ş, ç va ʼ bilan yozamiz. Klaviatura Macʼda bu harflarni bitta qöşimça tugma bilan beradi. Eski usulni yoqsangiz, odatdagiday o’ va sh deb yozasiz, dastur özi almaştiradi.

⌥’oOption va ’, keyin harf

Tez oradamacOS, bepul
  • ö
  • ğ
  • ş
  • ç

UzDictate

Gapiring, matn özi yozilsin

Öng Option tugmasini bosib turib özbekça gapiring. Qöyib yuborganingizda matn kursor turgan joyga tuşadi: Telegram, Word, brauzer va boşqalar.

Ertaga soat önda uçraşamiz, hujjatlarni olib keling.

Tez orada

macOS 14 va yangisi. OpenRouter kaliti kerak: dastur uni qanday oliş kerakligini qadamma-qadam körsatadi.

Bekat

Tramvay tarmoğini çiziş öyini

Toşkentdan Gulistongaça 14 şahar, haqiqiy xaritalar asosida. Bekatlarni boğlang, yölovçilarni manzilga yetkazing va şahar ösgani sari tarmoqni qayta quring.

macOS, bepul. Windows keyinroq.

Qanday örnatiladi
  1. Yuklab oling va Bekatʼni Ilovalar papkasiga olib öting.
  2. Oçing va birinçi şahar Toşkentdan boşlang.
Bekat: Samarqand xaritasida tramvay yönalişlari

Ranglar

Qaysi ranglar bir-biriga mos, va nega

Rang tanlang yoki rasm yuklang: olti tayyor palitra va har biri nega işlaşi haqida bir jumla. Itten rang yulduzi asosida darslar ham bor.

Screenshotter

Ekranni oling, belgilang va kerakli joyga osib qöying. Mac uçun.

Tez orada

Bir piyola çoy

Bu dasturlar bepul. Foydali bölsa, taps.uz orqali qöllab-quvvatlaşingiz mumkin. Kodni telefon kamerasi bilan skanerlang.

taps.uz orqali yuboriş
taps.uz/xurshid/d sahifasiga olib boradigan QR kod